Shvetsiyalik chang‘ichi, frirayd bo‘yicha jahon bosqichining ko‘p karra sovrindori Matilda Rapaport Chilida qor ko‘chishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda SVT telekanaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
30 yoshli sportchi 14-iyul, payshanba kuni Chili poytaxti Santyagodan 40 kilometr uzoqlikdagi Farelyones qishlog‘ida reklama roligi uchun suratga tushayotganda qor ko‘chkisi ostida qolib ketdi. Chang‘ichida ko‘chkidan qutulib qolish uchun barcha aslahalar bo‘lishiga qaramay, u havo yostig‘ini shishirishga ulgurmadi.
Noxush hodisadan so‘ng Matilda Rapaport shifoxonaga yetkazildi va u vafot etishidan oldin koma holatiga tushib qolgandi.
Izoh (0)