Turkiyadagi tartibsizliklar neft bozorlarida aks etishi mumkin. Bu haqda Nyu-Yorkda tayyorlangan ekspertlik izohlari asosida Financial Times nashri ogohlantirmoqda. Mavzu tafsilotlarini “TASS” keltirdi.
AQSh energetika vazirligi ma’lumotlari asosida nashr 2013-yilda kuniga 2,9 million barrel neft va neft mahsulotlari tankerlarda Turkiya bo‘g‘ozlaridan o‘tkazilganini eslatib o‘tdi. Bu jahondagi yetkazmalarning 30 foizini tashkil etardi.
Bundan tashqari, Turkiyaning Jayhon portida Ozarbayjon va Iroq Kurdistonidan keladigan ikki yirik neft quvurining terminallari joylashgan. Ularning umumiy o‘tkazish sig‘imi — kuniga 2.7 million barrel.
Nihoyat, Turkiya hududidan 2013-yilda Britaniyaning BP korporatsiyasi pudrati bilan bunyod etila boshlangan janubiy gaz koridori o‘tadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha Yevropadan Ozarbayjonga ilk yetkazmalar 2019-yil oxiridan amalga oshirila boshlashi kutilmoqda.Shuningdek, Turkiya hukumati va kompaniyalari Isroildagi “Leviafan” konidan gaz xarid qilish borasida muzokaralar olib borayotgan edi.
Izoh (0)