Isyonchilar samolyoti Anqaradagi prezident saroyiga bomba tashladi. Bu haqda, AFP agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning o‘zi ayni paytda Istanbulda. Ilgariroq u shu yerdan turib millatga murojaat qilgan edi.
Prezident saroyi yaqinida to‘plangan tanklarga F-16 qiruvchilari zarba berdi, deb ma’lum qiladi AFP.
Bundan tashqari, Turkiya harbiy-havo kuchlari isyonchilarning Anqara chetidagi Turksat sun’iy yo‘ldosh aloqasi boshqaruv markazini o‘qqa tutayotgan vertolyotini urib tushirdi. Shuningdek, isyonchilar Turksat operatori binosini qamal qilayotgani, Dogan Media tahririyati va CNN Turk telekanali binolarini egallagani ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)