Italiya janubidagi “Andriya” temiryo‘l stansiyasi boshlig‘i Vito Pikkarreta, ikki poyezdning bir-biriga to‘qnashib ketishidan bir necha daqiqa oldin yo‘l qo‘ygan xatosini tan oldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
12-iyul, seshanba kuni Italiya janubida ikki poyezdning to‘qnashib ketishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 27 kishiga yetgani, 50 dan ortiq kishi jarohatlangani haqida xabar berilgandi. Pikkarretaning aytishicha, u to‘qnashuv oldidan poyezdlarning birini ikkinchi poyezd yo‘nalishiga o‘tishiga ko‘rsatma bergan. “Men poyezdga boshqa yo‘nalishga o‘tish uchun signal bergandim”, – dedi stansiya boshlig‘i. Tergov ishi munosabati bilan Vito Pikkarreta o‘z lavozimidan chetlashtirildi.
Eslatib o‘tamiz, halokat Bari provinsiyasida, Korato va Andriya shaharlari orasida sodir bo‘lgandi. To‘qnashuv Italiya temiryo‘l tarixidagi eng yirigi deb hisoblanmoqda. Hodisa sabablari hozircha noma’lum.
Izoh (0)