O‘zbekistonning aksariyat hududlarida 15-iyulga o‘tar kechasi va 15-iyul kuni kunduzi yog‘ingarchilik va kuchli shamol kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 15-iyulga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +10...+15 daraja, Toshkent shahrida +20...+22 daraja, mamlakatning qolgan hududlarida +20...+25 daraja iliq bo‘ladi.
Juma kuni kunduzi tog‘li joylarda havo harorati +20...+25 darajagacha iliq bo‘ladi, Farg‘ona vodiysi viloyatlari va Toshkent shahrida esa +35 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 15-iyul kuni kunduzi havo harorati +38 darajagacha, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa +39 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
15-iyulga o‘tar kechasi va 15-iyul kuni kunduzi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)