11-iyul kuni Ispaniyadan parvoz qilgan, quyosh batareyalarida harakatlanuvchi Solar Impulse 2 samolyoti Misr poytaxti Qohiraga qo‘ndi. Tegishli xabar loyihaning Twitter’dagi sahifasiga joylashtirilgan, deya xabar berdi “TASS”.
“Andre Borshberg ikki kunlik parvoz va ehromlarni aylanib chiqqandan so‘ng Qohiraga qo‘ndi”, — deyiladi xabarda.
Misr fuqarolik aviatsiyasining 12-iyul, seshanba kuni ma’lum qilishicha, Andre Borshberg va Bertran Pikkar boshqaruvi ostidagi samolyot Giza ehromlarini aylanib uchadi va bu kadrlar ekologik toza uchish qurilmasining dunyo bo‘ylab sayohati haqidagi film syujetiga kiritiladi.
Qohira Solar Impulse 2 samolyotining oxirgidan bitta oldingi bekati bo‘lib, shundan so‘ng u Abu-Dabiga yo‘l oladi. Aynan Abu-Dabidan 2015-yilning 9-martida u o‘z turnesini boshlagan edi.
Havo kemasi hozirgacha dunyoning 15 shahrida bo‘lishga ulgurdi. 2015-yil yozida samolyot 120 soatdan oshiq parvoz qilib, eng uzoq to‘xtovsiz havoda uchish bo‘yicha rekord o‘rnatgandi.
Izoh (0)