Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 2016-yilning 11-iyul kuni KOICA’ning yangi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha muhokamalar bayonnomasini imzoladi, deya xabar bermoqda UzDaily.
Loyiha “Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiy markazi va yuqori ixtisoslashtirilgan 4-darajali ko‘p tarmoqli klinika tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish markazini yaratish” deb nomlanadi.
Loyiha qiymati 7 million dollarni tashkil etadi. U besh yil (2016—2020) davomida amalga oshiriladi.
Mazkur loyiha pediatriyada tibbiy yordam sifatini oshirish maqsadida tibbiyot bo‘yicha innovatsion markazni yaratish va undan foydalanish, jarrohlikning ilg‘or ko‘nikmalari bo‘yicha pediatriya yo‘nalishi mutaxassislari salohiyatini kuchaytirish, innovatsion markazda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, shuningdek, o‘lim va xastalikka chalinish holatlarini kamaytirishga qaratilgan.
Izoh (0)