Iyul oyi boshida Surxondaryoga AQShdagi Chikago universitetining arxeolog olimlari tashrif buyurdi, deb yozadi “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi matbuot xizmati. Ularning vazifasi viloyatda bundan keyingi qidiruv ishlarini olib borish uchun grantlar jalb qilishdan iborat bo‘ldi.
Olimlar Sherobod tumanidagi Jarqo‘ton (eramizdan avvalgi XV—X asrlar) ko‘hna shahrida bo‘ldi, u O‘zbekistondagi eng qadimiy shahar hisoblanadi. Muzrobot tumanida esa amerikalik arxeologlar Kuchuktepa (eramizdan avvalgi X—V asr)ga tashrif buyurdi. Mehmonlar, shuningdek, Ko‘hna Termiz, arxeologiya muzeyi va Termiz davlat universitetida ham bo‘ldi.
Safar yakunida viloyatning arxeolog olimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi, unda hamkorlikda ishlash, tarixiy yodgorliklarni asrash, madaniy meros obyektlarini restavratsiya va konservatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.
Izoh (0)