Hakam
Mark Klattenburg nomli shaxsga o‘yinning ishonib topshirilishi hech kimni ajablantirgani yo‘q.41 yoshli referi 2015/16-yilgi mavsumni yakunlab beruvchi Yevropa Chempionlar Ligasining final uchrashuvini ham boshqarib borgandi. Antuan Grizmann penaltidan gol ura olmagan, Krishtianu Ronaldu va Pepe harakat qiladigan “Real” o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida zafar quchgan bellashuvda ishlagan Klattenburg, xuddi shu futbolchilar to‘p suradigan termalar o‘rtasidagi hal qiluvchi bellashuvga ham qozilik qiladi.
Asli kasbi elektrik bo‘lgan Mark Klattenburg 2012-yilgi yozgi olimpiada o‘yinlarining futbol turniri finalida ham ishlagan. 2014-yilgi UEFA Superkubogi ham ingliz hakamiga ishonib topshirilgandi.
Bitta mavsumning o‘zida ham Chempionlar Ligasi, ham Yevropa Chempionatida ishlash Klattenburgga qadar faqatgina bir insonga — portugaliyalik Pedru Proensaga nasib qilgan bo‘lib, u 2012-yil ikkita yirik finalda arbitrlik qilgan.
So‘nggi 52 yildan buyon Yevropa Chempionatining hal qiluvchi o‘yinida angliyalik hakam ishlamagandi. Oradan yarim asr o‘tib Mark Klattenburg Sen-Deni shahrida bo‘lib o‘tadigan 4 yillikning Yevropadagi eng yirik uchrashuvida hakamlik qiladi.
Mark Klattenburg Yevro—2016 doirasidagi uchta o‘yinni boshqarib bordi: Belgiya — Italiya, Chexiya — Xorvatiya hamda Shveysariya — Polsha.
Yevro—2016. FINAL 10-iyul, yakshanbaFransiya — Portugaliya
Hakamlar: Mark Klattenburg, Saymon Bek, Jeyk Kollin (barchasi Angliyadan).To‘rtinchi hakam: Viktor Kashshai (Vengriya).Qo‘shimcha zaxira hakamlari: Entoni Teylor, Andre Marriner (ikkisi Angliya), Gyorgi Ring (Vengriya).So‘nggi 5 uchrashuv
Bu holat Fransiyaning imkoniyatlari yaxshiroq ekanidan dalolat bermoqda. Portugaliya Polsha, Xorvatiya va Vengriyadan ustunroq ko‘rindi deb bo‘lmaydi va kattagina kuch yo‘qotdi. Fransiyaning g‘alabalarida esa o‘ziga bo‘lgan ishonch ko‘rindi.O‘zaro o‘yinlar
Bu borada Yevropa Braziliyasi Fransiyaning yaqiniga ham kela olmaydi. 18 ta g‘alaba fransiyaliklarda, 5 tagina yutuq Portugaliyada. Bir dona durang bor. Bugun ularning ikkinchisi tarixdan joy olmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi. To‘plar nisbati 49:28.
Fernandu Santush: “Bu ikki buyuk jamoaning to‘qnashuvi. Biz qilayotgan ishlarimizga butun vujudimiz bilan kirishib ketdik. Vazifamiz — g‘alabaga etuvchi yo‘lni topish!”
Dide Desham: “Yarim finaldan keyin taktika haqida bosh qotirishga vaqt bo‘lgani yo‘q. Biz endigina tiklanib ulgurdik. Yana bir kunimiz bo‘lishini xohlardim. Hozir eng muhimi fikrni bir joyga qo‘yish”.
Fernandu Santush: “Fransiya qanday jamoa ekanini Germaniyaga qarshi o‘yinda ko‘rsatdi. Ular raqibga xurmat ko‘zi bilan qarashdi va o‘z o‘yinlari bilan zafar quchishdi. Biz bilan o‘yinda ham shu reja bo‘ladi deb o‘ylamayman. Ular uchrashuvnni tajovuzkorlik bilan boshlab, darvoza oldida ketma-ket hujumlar uyutirishsa kerak”.
Dide Desham: “Antuan Grizmann hali yosh. Ha, u ajoyib mavsumni o‘tkazdi. Ronaldu esa bunday mavsumlardan sakkizinchi yoki ko‘prog‘ini yakunladi”.
Fernandu Santush: “Bizning jamoa yoshlik va tajriba umumlashmasidir. Yosh o‘yinchilar bizga maydonda keragicha bezbetlik taqdim etmoqda. Tajriba futbolchilar esa g‘alabalarga ko‘nikib bo‘lishgan. Hammamiz bitta ishga — hamma ishni oxiriga yetkazib qo‘yishga bel bog‘laganmiz”.
Dide Desham: “Portugaliya ajoyib jamoa, ular finalga tasodifan yetib kelmadi. Ularni ham xuddi biz kabi turnir boshlanishida ko‘p tanqid qilishdi. Biroq biz hal qiluvchi o‘yinlarda o‘zimizni ko‘rsatdik. Portugaliya raqib o‘yinidan kelib chiqib o‘zgara oladigan a’lo darajadagi jamoa”.
Antuan Grizmanning ona tomondan bobosi Amaru Lopesh portugaliyalik edi. U o‘z vaqtida “Pasush” sharafini himoya qilgan.
Izoh (0)