9-iyul kuni Qozog‘istonning Meksikadagi elchixonasida Gennadiy Golovkinga WBC yo‘nalishi bo‘yicha mutlaq jahon chempionligi kamarini topshirishga bag‘ishlangan rasmiy marosim bo‘lib o‘tdi. Ilgari kamar va unvon meksikalik bokschi Saul “Kanelo” Alvaresga tegishli edi, ammo u joriy yil mayida qozog‘istonlik raqibiga qarshi jang o‘tkazishdan bosh tortgani bois rutbadan mahrum bo‘ldi, deb xabar beradi “RadioTochka”.
Tadbir Butunjahon bokschilar kengashi (WBC) va Qozog‘iston elchixonasi hamkorligida tashkil etildi. Marosimda xalqaro sport tashkiloti rahbarlari, amaldagi jahon chempionlari, Meksika va jahonning yetakchi sport sharhlovchilari, shuningdek, 40 dan ortiq Meksika va xorij telekanal hamda nashrlari vakillari ishtirok etdi.
Taqdirlash marosimini WBC prezidenti Maurisio Sulayman ochib berdi. U o‘z chiqishida WBC keyingi konferensiyasini 2017-yilda Ostonada, “EKSPO–2017” doirasida o‘tkazishini tasdiqladi.
Izoh (0)