Sankt-Peterburg Ichki ishlar vazirligi universiteti sobiq o‘qituvchisining jasadi uning o‘limidan bir yil o‘tib, yotoqxonadan topildi. Bu vaqt ichida hech kim uning yo‘qligidan tashvishlanmagan va marhumning xonasiga kirmagan, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Aleksandr Kayzerning mumiyolashgan jasadi 5-iyul kuni yotoqxona turar-joylarini tekshirish davomida 12-qavatdagi xonalarning biridan topilganligi ta’kidlanmoqda.
Jasad yopiq, havosi almashmaydigan xonada bo‘lganligi uchun qurib qolgan va hech qanday hid chiqmagan. O‘lik o‘qituvchining xonasi yoniga sirtqi talabalar joylashtirilgan, biroq ular begona hidni sezmagan.
2015-yilning bahorida erkak uzoq vaqt davomida tanishlari bilan aloqaga chiqmaganligi ta’kidlanmoqda. 2016-yilning boshida uning tanishlaridan biriga yotoqxonada erkak go‘yoki kalitlarni topshirib ketganligi ma’lum qilingan. Viborg tergov bo‘limi o‘qituvchining o‘limi bo‘yicha tergovoldi tekshirishini boshladi.
Izoh (0)