Rossiya Boyqo‘ng‘irdan ketishni rejalashtirmayapti, deya ma’lum qildi Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Rogozin. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
“Bizning hamkorlikdagi ishimizdan maqsad ‘Boyqo‘ng‘ir’ kosmodromi salohiyatini saqlash va kengaytirish, Boyqo‘ng‘ir shahri aholisini ish va yashash uchun munosib va qulay sharoitlar bilan ta’minlash, deb bilaman, — deya ta’kidladi Rogozin. — Rossiya Amur viloyatida Sharqiy kosmodromni deyarli qurib bitirgan bo‘lishiga qaramay, ‘Boyqo‘ng‘ir’ biz uchun o‘ta muhim ish bo‘lib qoladi”.
Bosh vazir o‘rinbosari Rossiyaning “Boyqo‘ng‘ir”da qolish niyatini ataylab ta’kidlayotganini qayd etdi. “Rossiya ‘Boyqo‘ng‘ir’dan ketmayapti, bu prezidentlarimiz tomonidan tasdiqlangan. Biz buni bugun yana bir marta muhokama qildik va tasdiqladik”, — dedi u.
Izoh (0)