Hindiston shimolida noqonuniy ravishda qurilgan savdo markazining vayron qilinishi oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana olti nafari vayronalar ostida qolgan bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Hodisa 9-iyul, shanba kuni Uttar-Pradesh shtatidagi Meratx shahrida sodir bo‘ldi. To‘rt qavatli savdo markazi mahalliy sud qaroriga ko‘ra vayron qilinishi kerak edi. Biroq shahar rasmiylari binoda odamlarning to‘liq evakuatsiyasiga ishonch hosil qilish uchun yetarlicha chora-tadbirlar ko‘rmagan.
Mahalliy kengash vakili Piyush Guatam shahar rasmiylari qurbonlar bo‘lishining oldini olish uchun yetarlicha chora-tadbirlar ko‘rmaganini rad etdi. Uning aytishicha, savdo markazini vayron qilish 03:00 (Toshkent vaqti bilan 02:30)da rejalashtirilgan va rasmiylar bu borada xabarnoma yuborgan. Bu vaqtgacha hamma binoni tark etib bo‘lishi kerak edi. Bundan tashqari, shahar rasmiylari evakuatsiyaga 3 soat qo‘shib berdi va bino tonggi 06:00 (Toshkent vaqti bilan 05:30)da buzib tashlandi.
Voqea joyida qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Qurbon bo‘lganlarning qarindoshlari politsiyaga ariza berdi.
Izoh (0)