Dog‘istonning Karabudaxkent tumanidagi aksilterror operatsiyasi davomida “Maxachqal’a” to‘dasining rahbari va sakkiz nafar jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Aksariyat jangarilarning shaxslari aniqlandi. Ular orasida ‘Maxachqal’a’ to‘dasi rahbari Guseyn Tagirov ham bor. U 1986-yilda tug‘ilgan, 2014-yildan buyon federal qidiruvda edi. Uning Bo‘ynoq tumani ma’muriyati rahbari va yana bir kishining o‘limiga aloqadorligi haqida ma’lumotlar bor. Shuningdek, u boshqa terrorchilik harakatlariga ham aloqador”, – deya ma’lum qilindi Milliy aksilterror qo‘mitasi xabarida.Operatsiya bo‘lib o‘tgan joyda ko‘p miqdorda qurol va o‘q-dorilar, shu jumladan, yettita avtomat, ikkita to‘pponcha va granatalar topildi. Jangarilarning ikki nafar sherigi qo‘lga olindi.