BMT va NATO 2020-yilga qadar Afg‘oniston qo‘shinlariga har yili 1 milliard dollardan moliyaviy yordam ajratib boradi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Agentlikning NATOdagi manbaga tayanib ma’lum qilishicha, 9-iyul, shanba kuni o‘tkaziladigan uchrashuvda ittifoqchilar va NATO moliyaviy ko‘mak dasturi 2020-yilga qadar davom etishini tasdiqlaydi.
BMT va NATOning ikkita trast jamg‘armasiga shu maqsadda har yili 1 milliard dollar qo‘yiladi.
“Kelajakdagi maqsad — moliyalashtirishni shu yoki shunga yaqin darajada davom ettirish”, — qo‘shimcha qildi nomi keltirilmagan NATO vakili.
Izoh (0)