Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li Injirlik bazasi Rossiya uchun ochilishi mumkinligi haqidagi gaplarni inkor qildi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
“Men bunday bayonot bermaganman. Biz IShIDga qarshi kurashayotgan barcha bilan hamkorlik qilishimiz mumkinligini aytdik”, — dedi vazir, tegishli savolga javob berarkan.
Bunda u Injirlik bazasi Rossiya tomonidan qo‘llanilishi mumkinligini nazarda tutmaganini aniqlashtirib o‘tdi.
Ilgariroq Rossiya matbuotida tashqi ishlar vaziri Injirlik bazasi Moskvaga taqdim etilishi mumkinligi haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)