Kuvayt budjet kamomadini to‘ldirish uchun xalqaro qarz bozorlaridan 9,9 milliard dollar jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat moliya vaziri Anas as-Solih parlamentga 2016–2017-moliyaviy yil budjetini taqdim etish chog‘ida aytib o‘tdi, deb ma’lum qilmoqda “Interfaks”.
Kuvayt Milliy assambleyasi budjet loyihasini ko‘pchilik ovoz bilan ma’qulladi, deb yozadi The Kuwait Times nashri.
Moliya vazirligi hisob-kitoblariga qaraganda, 2016–2017-moliyaviy yilda (joriy yilning 1-aprelidan boshlandi) kamomad 8,66 milliard Kuvayt dinoriga (28,5 milliard dollar) ko‘payadi. O‘tgan moliyaviy yilda 17 yildan buyon birinchi marta budjetning salbiy saldosi qayd qilingan edi.
Moliya vazirligi ichki bozorda qarz majburiyatlarini joylash bilan 2 milliard dinor ishlashni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)