Yana ikki kishi Checheniston Respublikasi saylov komissiyasiga murojaat qilib, o‘z nomzodini ko‘rsatdi. Bu haqda 3-iyul kuni, komissiya raisi Umar Bayxanovga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
“Bugun saylov komissiyasiga barcha zarur hujjatlar paketi bilan yana ikki kishi keldi, — dedi Bayxanov. — Bular Checheniston Respublikasi tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakili Idris Usmanov va ‘Adolatli Rossiya’ partiyasi mintaqaviy bo‘linmasi rahbari Sultan Denilxanovlardir”, — ma’lum qildi Bayxanov.
Denilxanov nomzodi “Adolatli Rossiya” partiyasidan ko‘rsatilgan bo‘lsa, Usmanov O‘sish partiyasining mintaqaviy bo‘linmasi nomidan saylovda ishtirok etadi.
Bir muddat ilgari Ramzan Qodirov Checheniston rahbari saylovlarida ishtirok etishga rozilik bergandi.
Izoh (0)