Qozog‘istonning Qarag‘andi viloyatida o‘tkazilgan maxsus operatsiya yakuniga ko‘ra qo‘lga olingan ekstremistlar Balxash shahri hududidagi Rossiya harbiy qismiga hujum qilishni rejalashtirgan. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Qozog‘iston milliy xavfsizlik tizimiga yaqin manbaning ma’lum qilishicha, ular Rossiya harbiy qismiga hujum qilishni rejalashtirgan. Hujum amalga oshirilgandan so‘ng, ular Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan.
Ushbu ma’lumot Rossiya va Qozog‘iston huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan hozircha rasman tasdiqlanmadi. Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi mazkur ma’lumotlarga izoh berishdan bosh tortdi.