Rossiyaning Ingushetiya respublikasida istiqomat qiluvchi maktab o‘quvchisi Islam Gatiyev prezident Vladimir Putinga maktub yo‘llab, konvertga o‘zi to‘plagan 3 ming rubl mablag‘ni ham solib yuborgan edi. Maktub davlat rahbarining e’tiborisiz qolmadi, deb xabar bermoqda “MK.ru”.
Respublika matbuot xizmatining bildirishicha, davlat rahbarining aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotini ko‘rganidan so‘ng o‘quvchi bu maktubni yozishga qaror qilgan.
“Islam mamlakatdagi inqirozli holatlarni bartaraf etishda yordam bermoqchi bo‘lgan”, — deyiladi xabarnomada.
Putin bolaga javob maktubi yo‘lladi. Unga dastxati qo‘yilgan fotosuratini ilova qildi, shuningdek, bolaning pullarini qaytardi. O‘z navbatida, respublika hukumati Islamga planshet va velosiped sovg‘a qildi.
Izoh (0)