Istanbul aeroportida uyushtirilgan terakt qurbonlari soni 44 kishiga yetdi. Bu haqda, Anadolu agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
25 yoshli Turkiya fuqarosi olingan jarohatlar oqibatida shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.
Ilgariroq Turkiya ichki ishlar vaziri Efkan Ala qurbonlar soni 43 kishiga yetganini xabar qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning Istanbul shahridagi Otaturk nomli xalqaro aeroportda sodir etilgan terakt oqibatida hayotdan ko‘z yumganlar orasida O‘zbekiston fuqarosi borligi haqida xabar berilgandi. Jarohatlanganlar soni 147 kishini tashkil qilmoqda. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov teraktlar munosabati bilan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga hamdardlik bildirdi.
Izoh (0)