O‘tgan yili Germaniyaga Suriyadan kelgan qochqin 150 ming yevro pul topib olib, uni huquq-tartibot organlari xodimlariga topshirdi. Voqea Minden shahrida sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
25 yoshli suriyalik erkak xayriya jamg‘armasi tomonidan sovg‘a qilingan javon ichidan pul topib oldi. Yog‘ochlar ostida 50 ming yevro naqd pul hamda 100 ming yevrolik omonat daftarlari yashirib qo‘yilgan ekan.
Politsiya vakillarining so‘zlariga qaraganda, topib olingan kichik pullar ko‘p hollarda qaytarib beriladi, ammo bu qadar katta summaning politsiyaga topshirilishi istisno holatdir.
Minden politsiyasi “Kun qahramoni” deb atagan yigit Germaniyaga 2015-yil oktabrida kelgan edi.
Izoh (0)