O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazining ma’lumotiga ko‘ra, 2015-yilda mamlakatda dispanser ro‘yxatida turadigan giyohvand bemorlar 13 218 nafarni tashkil etdi. 2014-yilda bu ko‘rsatkich 14 692 ga teng edi.
Psixofaol moddalarga qaram bo‘lgan shaxslar orasida 18–19 yoshdagilarning ulushi 15 tagacha, 20–39 yoshdagi giyohvand bemorlarning ulushi 43,9 foizga kamaydi. Shuningdek, geroin iste’mol qiluvchilar soni ham qisqardi.
Qayd etish joiz, “Xalqaro giyohvandlikka va giyohvand vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurash” kuni munosabati bilan 27-iyun, dushanba kuni musodara qilingan 1,4 tonna giyohvand vositalari yoqib yo‘q qilindi.
Izoh (0)