Rossiyaning Lipetsk viloyatida Afrika cho‘chqa o‘latining beshta o‘chog‘i qayd etildi. Lipetsk ma’muriyatining matbuot xizmati 23-iyun, payshanba kuni virusni viloyat markaziga tarqalmasligi uchun choralar ko‘rilayotganligini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Viloyat hududida Afrika cho‘chqa o‘latining beshta: Usmanida ikkita, Lipetsk tumanining Padi, Gryazinskiy tumanining Karamishevo va Zadonskiy tumanining Pisaryovka qishloqlarida bittadan o‘chog‘i qayd etildi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Afrika cho‘chqa o‘latining Lipetskka tarqalishining oldini olish bo‘yicha tadbirlar doirasida soha xizmatlariga veterinar-sanitar o‘tkazish punktlarida avtotransportlarni dezinfeksiya qilish uchun maydon qurilishini tashkil etish, shuningdek, chorvachilik mahsuloti bilan yashirin savdo qilishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar qabul qilish yuklatildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Nijegorod viloyati hududida Afrika cho‘chqa o‘lati tarqalishi qayd etilgan edi.
Izoh (0)