AQSh Oliy sudi Barak Obamaning immigratsiya haqidagi buyrug‘ini amalda bloklab qo‘ydi, u, o‘z mohiyatiga ko‘ra, immigratsiya islohotlari boshlanishini bildirar edi, deb yozadi “TASS”.
Sudyalar 2014-yil noyabrida davlat rahbari tomonidan imzolangan hujjatning konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirdi.
Oliy sud organining konservativ fikrlar tarafdori bo‘lgan to‘rt a’zosi prezidentning immigratsiya haqidagi buyrug‘i bosh qonunga to‘g‘ri kelmaydi, deb hisobladi. Qolgan to‘rt nafar liberal sudyalar uni konstitutsiya qoidalariga mos deb baholadi.
Shu tariqa, AQSh qonunchiligiga ko‘ra, Obama buyruqni imzolash chog‘ida o‘z vakolatini oshirib yuborgani to‘g‘risidagi past sud instansiyasi qarori kuchga kirdi.
Izoh (0)