Huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida abituriyentlardan 2016/17-yilgi o‘quv yili uchun hujjat qabul qilish jarayoni boshlangach, taqdim etiladigan hujjatlar orasida biometrik pasport zururligi haqidagi gap-so‘zlarga aniqlik kiritdi, deb xabar bermoqda UZ24.
“Ichki ishlar vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining eski ko‘rinishdagi pasporti 2018-yilning 1-iyuliga qadar haqiqiy hisoblanadi. Shu sababli, abituriyentlar joriy yilda ham avvalgi ko‘rinishda berilgan pasportlar orqali hujjat topshira oladilar. Biometrik pasport shart emas”, – deb aniqlik kirtdi Xushnudbek Xudayberdiyev.
Izoh (0)