• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Savol—javob: “ShOS” o‘zi nima?

    Nima bo‘ldi?

    Toshkentda yo‘llar, binolar va bozorlar jadal ta’mirlangan, Yulduz Usmonova o‘zbekcha-xitoycha-ruscha aralash qasida-qo‘shiq kuylagan, qo‘shimchasiga, 23—24-iyun kunlari O‘zbekiston poytaxti markazidagi qator ko‘chalarda transportlar harakati cheklangan. Hammasi “ShOS”, aniqrog‘i, Shanxay hamkorlik tashkiloti — ShHTga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlarining Toshkent sammiti munosabati bilan. “ShOS” — ShHTning ruscha qisqartmasidir.

    Foto: Twitter / @XHNews

    Foto: Twitter / @XHNews

    ShHT o‘zi nima?

    Bu — 2001-yilda Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston rahbarlari tomonidan asos solingan xalqaro tashkilot, “Shanxay beshligi” deb nom olgan va 1996—1997-yillardan beri mavjud bo‘lgan tuzilma vorisi (bu tuzilmada Xitoy va unga qo‘shni, 1991-yilda mustaqillikka erishgan besh mamlakat bo‘lgan). ShHT harbiy blok emas (masalan, NATO — haqiqiy harbiy blok), xavfsizlik bo‘yicha kengash ham emas — shu tushunchalar o‘rtasidagi oraliq tashkilot. A’zo davlatlar doirasida xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, terrorchilik, ayirmachilik, ekstremizm, narkotrafikka qarshi kurash, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, energiya borasidagi hamkorlik, ilmiy va madaniy aloqalarni taraqqiy ettirish — tashkilotning bosh maqsad va vazifalari sifatida e’lon qilingan.

    Nega sammit Toshkentda bo‘lyapti?

    Toshkent qariyb har yili ShHT doirasidagi u yoki bu tadbirga mezbonlik qiladi. Biroq Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishi, ya’ni, hozirgi sammit — tashkilot bayrog‘i ostidagi tadbirlar orasida eng nufuzlisi, eng kattasidir. Chunki bu kengash tashkilotning asosiy faoliyat yo‘nalishlari belgilab beruvchi oliy organ hisoblanadi va u bir yilda bir marta yig‘iladi. Toshkent bu sammitga birinchi marta mezbonlik qilayotgani yo‘q — mamlakat 2004- va 2010-yillarda ham tashkilotga raislik qilgan va shu sababli ham ShHTa’zo davlatlarning yetakchilari O‘zbekistonda yig‘ilgan.

    ShHTga raislik qilish? U nima degani?

    BMTning bosh kotibi bo‘lgani kabi, ShHTning ham bosh kotib bor. U ShHTga a’zo mamlakatlarning Tashqi ishlar vazirlari kengashi tavsiyasiga ko‘ra, Davlat rahbarlari kengashi tomonidan tayinlanadi. Hozirgi vaqtda ShHTning shunday bosh kotibi tojikistonlik Rashid Alimov hisoblanadi. Lekin uning asosiy vazifasi ShHT doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlarni moddiy-texnik ta’minlash, tashkilot doirasidagi barcha organlarning hujjatlarini ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida qatnashish, yillik byudjet bo‘yicha takliflarni tayyorlashdan iborat, xolos. Bosh kotib uch yil muddatga tayinlanadi, har yili esa ShHTga raislik qiluvchi mamlakat o‘zgaradi — tashkilotga a’zo mamlakatlar nomining rus alifbosida yozilishiga asoslangan holda. O‘zbekiston raisligida ShHT faoliyatini yanada takomillashtirish, tashkilot doirasida siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot va gumanitar aloqalar sohalarida o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Davlat rahbarlari kengashining bo‘lajak majlisi kun tartibini mazmunan boyitishga alohida e’tibor qaratildi.

    ShHTning Toshkentdagi keyingi sammiti qachon bo‘ladi?

    Bu haqda hozirdan aniq bir javob berish mushkul. Tashkilot a’zolari soni oltita bo‘lgan davrda, aniqrog‘i, 2001—2015 yillar davomida Toshkent har olti yilda bir sammit mezboniga aylandi: 2004-yildan keyin ham, 2010-yildan keyin, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Tojikiston va Rossiyada o‘tgan sammitlardan so‘ng navbat O‘zbekistonga kelayotgan edi — buning sababi, mezbonlik rus alifbosi harflari ketma-ketligi bo‘yicha tartiblangan (rus alifbosida U harfi K, T va R harflaridan keyin keladi). Biroq endi tashkilot a’zolari soni Hindiston va Pokiston hisobiga oshmoqda, keyingi yillar davomida yana yangi a’zolar (masalan, Eron) qo‘shilishi ehtimoli yo‘q emas. Shunday ekan, endi O‘zbekistonga navbat qachon kelishini aniq aytish qiyin.

    O‘zi hozir ShHTga nechta mamlakat a’zo? Yana kim qo‘shilmoqchi unga?

    Yuqorida aytilganidek, ShHT dastlab “Shanxay beshligi” nomi ostida faoliyat ko‘rsatgan. Bu tuzilmaga O‘zbekiston ham qo‘shilishi bilan, nom ham o‘zgarib Shanxay hamkorlik tashkiloti paydo bo‘lgan (ma’lum vaqt “Shanxay oltiligi” degan atama ham “yashagan”). 2007-yildan beri tashkilot faoliyatida kuzatuvchi davlat maqomida qatnashib kelgan Hindiston va Pokiston 2016-yil iyunidan ShHTning a’zosiga aylanadi. Bundan tashqari a’zolikka da’vogar, lekin a’zo sifatida qabul qilinmagan kuzatuvchi maqomidagi davlatlar — Afg‘oniston, Belarus, Eron, Mo‘g‘uliston, shuningdek, maqomi kuzatuvchi-davlatdan keyingi o‘rinda turuvchi muloqot bo‘yicha hamkorlar — Ozarbayjon, Armaniston, Kamboja, Nepal, Turkiya, Shri-Lanka ham bor. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Suriya, Misr va Isroil ham tashkilot faoliyatida qatnashish istagini bildirgan.

    Toshkentdagi sammitda nimalar muhokama qilinadi?

    Bo‘lajak ShHT sammiti davlat rahbarlarining yubiley majlisi bo‘lib, Shanxay hamkorlik tashkiloti tuzilganining 15 yilligiga bag‘ishlanadi. Davlat rahbarlari ShHT doirasida serqirra va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama etadi, shuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashadi. Davlat rahbarlari uchrashuvi yakunida asosiy hujjat — ShHT o‘n besh yilligining Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinadi. Unda tashkilotning so‘nggi o‘n besh yillik faoliyati, a’zo davlatlarning ShHTni rivojlantirish istiqbollariga nisbatan kelishilgan yondashuvlari, shuningdek, joriy xalqaro hamda mintaqaviy vaziyat bo‘yicha pozitsiya o‘rin oladi. Davlat rahbarlari 2025-yilgacha ShHTni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishga doir 2016–2020-yillarga mo‘ljallangan harakat rejasi va ShHTni rivojlantirish, unga a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi.
    23.06.2016, 20:19   Izoh (0)   30759
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    GM Uzbekistan’ning raddiyasi, Toshkentdagi zilzila, Yevroittifoqdan chiqish uchun ovoz berayotgan Britaniya va kunning boshqa muhim yangiliklari

    23.06.2016, 19:53

    Toshkentda ShHT Ishbilarmonlar kengashi Boshqaruvining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

    23.06.2016, 18:00

    Islom Karimov Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi

    23.06.2016, 17:12

    Toshkentda 2 ballik yerosti silkinishlari sezildi

    23.06.2016, 17:00

    Rossiya prezidenti Vladimir Putin Toshkentga keldi

    23.06.2016, 16:59

    Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev Toshkentga keldi

    23.06.2016, 16:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “G‘azo urushini tugatishning eng yaxshi yo‘li — HAMASni mag‘lub etish” — Netanyaxu

    Dunyo | 11 avgust, 15:10

    “PSJ” “Chelsi” futbolchisi uchun 150 mln yevro taklif qildi

    Sport | 11 avgust, 14:50

    BMTning Afg‘onistondagi xodimalariga o‘lim bilan tahdid qilindi

    Dunyo | 11 avgust, 14:45

    Organizmga D vitamini tanqisligini bildiruvchi belgilarni bilasizmi?

    Maslahatlar | 11 avgust, 14:21

    Qashqadaryoda ayol qarindoshlari bilan boshqa ayolni “samosud” qildi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 14:15

    AQSHda meteorit bo‘lagi uy tomini teshib o‘tdi (video)

    Dunyo | 11 avgust, 13:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.