Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Biotibbiy hujayra mahsulotlari to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Ushbu hujjat biomaterial ishlab chiqarish maqsadida inson embrioni yaratishni taqiqlaydi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Qonunga muvofiq, biotibbiy hujayra mahsulotlari ishlab chiqarish maqsadida inson embrioni yaratish, shuningdek, embrion yoki inson homilasi rivojlanish jarayonini uzish yoxud bunday jarayoni buzish yo‘li bilan olingan biomaterialdan biotibbiy mahsulotlar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Shu bilan birga, tibbiy faoliyatda muayyan shaxsning biologik materialidan olinib, shu inson uchun qo‘llanishga mo‘ljallangan shaxslashtirilgan biotibbiy mahsulotlardan foydalanishga ruxsat berildi.
Qonun 2017-yil 1-yanvaridan kuchga kiradi. Ayrim bandlarning kuchga kirish muddatlari boshqacharoq qilib belgilangan.
Izoh (0)