Argentina prezidenti Maurisio Makri tizzasidan olgan jarohati tufayli jarrohlik stoliga yotadi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Davlat rahbari travmatolog Xorxe Batista ko‘rigidan o‘tdi. Unda jarohat aniqlandi va kerakli muolaja belgilandi”, – deyiladi prezidentning matbuot xizmati xabarida.
Davlat rahbari vakillarining qayd etishicha, jarohat uning prezidentlik vazifalarini bajarishiga xalal bermaydi. Shunga qaramay, Makri Buenos-Ayres yaqinidagi shaharchada politsiya akademiyasi kadetlarining qasamyod marosimida ishtirokini bekor qildi.
Maurisio Makri 20-iyun kuni shahar tashqarisidagi qarorgohida tennis o‘ynagan vaqtida paylarini cho‘zib olgandi.
Shu yilning o‘zida 57 yoshli Argentina prezidenti bir necha bor shifokorlar yordamiga murojaat qilgan. Yanvar oyida qizi bilan o‘ynagan Makri qovurg‘asini shikastlagan, iyun oyi boshida esa u yurakning notekis urishi tashxisi bilan shifoxonaga yetkazilgandi.
Izoh (0)