Janubiy Koreya hukumatidagi anonim manbalar Shimoliy Koreya 21-iyun, seshanba kuni Yapon dengizi qirg‘oqlari yaqinida “Musudan” sinfidagi ballistik raketani o‘rnatganini tasdiqladi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Janubiy Koreyaning “Ryonxap” agentligi manbalariga ko‘ra, “raketani o‘rnatish belgilari sezilgan, ammo u zudlik bilan uchirilishi belgilari hozircha yo‘q”.
Pxenyan parvoz masofasi 2500—4000 kilometrga teng raketani uchirishga tayyorlanayotgani taxmin etilmoqda.
Avvalroq Yaponiya o‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlari zarur bo‘lgan taqdirda KXDR ballistik raketasini tutib qolish haqida buyruq olgan, bu “raketa uchirishga tayyorgarlik belgilari mavjudligi” yuzasidan buyurilgan edi.
Izoh (0)