Yaponiya o‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlari zarur bo‘lgan taqdirda KXDR ballistik raketasini tutib qolish haqida buyruq oldi, deb yozadi “TASS” “Kiodo” agentligiga tayanib.
Tegishli farmonni Yaponiya harbiy xizmatchilari mudofaa vaziri Gen Nakatanidan “raketa uchirishga tayyorgarlik belgilari mavjudligi” yuzasidan qabul qilgan.
20-iyun, dushanba kuni KXDR Davlat mudofaa qo‘mitasi Pxenyan, gijgijlash kuzatiladigan bo‘lsa, Amerikaning mintaqadagi bazalariga zarba berishga tayyorligi haqida bayonot tarqatgan edi. Ta’kidlanishicha, hujjat Amerikaning “Missisipi” atom suv osti kemasi Janubiy Koreyaning Pusan portiga kirishi, shuningdek, AQSh HHKning Guamadagi bazasida B-52 strategik bombardimonchilari ishtirokida mashg‘ulotlar o‘tkazilishi tufayli e’lon qilingan.
Izoh (0)