AQSh arab mamlakatlariga “Al-Qoida” terrorchilik guruhiga qarshi kurashishda yordam ko‘rsatish maqsadida Yamanda noma’lum muddatga maxsus topshiriqli bo‘linmani saqlab turishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AQSh ma’muriyati vakillari jurnalistlarga ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Boshqarma u yerga maxsus topshiriqli bo‘linmaning kichikroq otryadi aprel oyida yuborilganligini eslatib o‘tdi.
Ularning so‘zlariga qaraganda, taxminan o‘n kishidan iborat jamoa Birlashgan Arab Amirliklarining Saudiya Arabistoni boshchiligidagi xalqaro koalitsiyasiga kiruvchi harbiy xizmatchilariga yordam ko‘rsatadi. U Yamanda isyonchi xusiylarga qarshi turish va terrorchilarga qarshi maxsus operatsiyalarni amalga oshirish uchun tashkil etilgan edi.
“Yaqinda Pentagon xavfsizlik sohasidagi vaziyatga baho berish va Qo‘shma Shtatlar bilan hamkorlik qilishi mumkin bo‘lgan mahalliy aholini topish vazifasi bilan maxsus topshiriqli bo‘linmaning yana bir jamoasini Yamanga yubordi”, — deb xabar berdi 18-iyun, shanba kuni The Washington Post gazetasi.
Izoh (0)