Misrning O‘rtayer dengizida halokatga uchragan A320 samolyotining ikkinchi o‘ziyozari yuzaga olib chiqildi. Bu haqda, Misr Fuqarolik aviatsiyasi vazirligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Boshqarmaning ma’lum qilishicha, havo kemasining texnik parametrlarini qayd etuvchi “qora quti”ni topish va qo‘lga kiritishga erishilgan.
“So‘zlashuv o‘ziyozari muvaffaqiyatli chiqarib olingandan so‘ng, Misr hukumati tomonidan yollangan Deep Ocean Search xalqaro kompaniyasining John Lethbridge kemasi mutaxassislari bugun, 17-iyun tongida reys davomida barcha texnik parametrlarni yozib boruvchi ‘qora quti’ni dengiz tubidan topib, uni yuzaga olib chiqdi”, — deyiladi Aviatsiya vazirligi bayonotida.
Qurilma avvalroq topilgan bort o‘ziyozari kabi bir necha bosqichda yuqoriga olib chiqilgan. Xotira moduli muvaffaqiyatli chiqarib olingan.
Eslatib o‘tamiz, Parijdan Qohiraga MS804 reysini amalga oshirayotgan A320 samolyoti Qohira aeroportiga qo‘nishiga taxminan 35 daqiqa qolganda, endigina Misr havo hududiga kirganda radarlar ekranidan yo‘qolgan edi. Keyinroq uning bo‘laklari Gretsiyaning Karpatos orollaridan topildi.
Izoh (0)