Alibaba Group asoschisi Jek Ma Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro iqtisodiy forumdagi chiqishida kompaniyasi yaratilishini hayotidagi eng katta xato deb atadi. Bu haqda “Vc.ru” xabar bermoqda.
“Alibaba’ni tuzganim eng katta xatoim bo‘ldi. Men bu narsa hayotimni shunchalik o‘zgartirib yuborishini kutmagandim, faqat kichik kompaniya yaratmoqchi bo‘lganman. Ish tufayli me’yordagidek hayotim yo‘q. Agar yana bir umrim bo‘lsa, hech qachon bunday biznes bilan shug‘ullanmayman. Dunyoning istalgan mamlakatiga borish va u yerda xotirjam vaqt o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishni istayman. Biznes haqida gapirishni, ishlashni xohlamayman”, — deya ta’kidlagan Ma.
Shu bilan birga, Alibaba asoschisi “dunyodagi barcha korxonalarni quvvatlovchi elektron yo‘lak yaratilishi”ni o‘zining asosiy maqsadi ekanligini bildirgan.
Jek Ma Alibaba Group ustida 1992-yilda ish boshlagan va 1999-yili unga asos solgan, bungacha u oddiy o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. Hozirgi kunda u Forbes milliarderlari reytingida 31-o‘rinda qayd etilgan, mol-mulki esa 23,2 milliard dollarga baholanadi.
Izoh (0)