Meksika huquqni muhofaza qilish organlari bir oilaning 11 nafar a’zosi qotilligida gumonlanuvchini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi. Jinoyat o‘tgan hafta Puebla shtatida sodir etilgan edi. Bu haqda, hudud bosh prokuraturasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
10-iyun kuni Koshkatlan munitsipalitetida besh nafar ayol, to‘rt nafar erkak va ikki nafar bola o‘ldirilgan, yana uch nafar bola jarohat olgan edi.
“Koshkatlanda sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan surishtiruv jadallashmoqda”, — deyiladi prokuraturaning Twitter sahifasida qoldirilgan xabarda. Gumonlanuvchining ismi va yoshi jinoyat qonunchiligi yangi tizimi qoidalariga muvofiq oshkor etilmadi.
Gumonlanuvchi erkak qotillik sodir etilgan tuman yaqinida qo‘lga olinganligi ma’lum qilinmoqda. Tergov taxminiga ko‘ra, oilani shafqatsizlik bilan jazolashga o‘ch olish sabab bo‘lgan.
Izoh (0)