Suriya qo‘shinlari strategik ahamiyatga ega Tabka shahriga 5 kilometrga yaqinlashdi, deya xabar bermoqda “Interfaks” Eron OAVlariga tayanib.
2014-yilda IShID jangarilari egallab olgan yirik harbiy-havo bazasini o‘z ichiga olgan Tabka ushbu terrorchilik guruhining tayanchi — Rakka shahriga olib boradigan yo‘l ustida joylashgan.
“Yer usti kuchlarining muvaffaqiyatli hujumida asosiy rolni ularga havodan ko‘mak berib turgan Rossiya va Suriya jangovar samolyotlari o‘ynadi”, — dedi hukumat vakillaridan biri.
Hukumat armiyasi bo‘linmalari Rakkaga janubi-g‘arbdan hujum olib bormoqda, shimoldan esa u yerga qarab Suriya demokratik kuchlarining kurd-arab harbiy qismlari harakatlanmoqda, ularni havodan Amerika rahbarligidagi koalitsiya qo‘llab-quvvatlamoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)