Liviyaning Sirt shahri yaqinida politsiya idorasiga hujum uyushtirgan o‘n nafar jangari yo‘q qilindi. Bu hududda IShID guruhiga qarshi operatsiya o‘tkazilmoqda, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
Hujum 16-iyun, payshanba kuni ertalabki soatlarda Abu-Greyn aholi yashash punktida sodir etildi. To‘qnashuv davomida o‘n jangari o‘ldirildi, yetti nafari yaralandi, deb ma’lum qildi mahalliy shifoxona vakili Abdul-Aziz Issa.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)