Sankt-Peterburg rasmiylari shahardagi ko‘priklardan biriga Chechenistonning birinchi prezidenti Ahmad hoji Qodirov nomini berishga qaror qildi. Bu haqda shahar ma’muriyati axborot boshqarmasi boshlig‘i Andrey Kibitov ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Mamlakatning har bir qahramoni nomi undagi shaharlarda abadiylashtirishga haqli. Bu Peterburg an’analarini buzmaydi, aksincha, Rossiya tarixi va undan munosib o‘rin olgan shaxslarga hurmatimizni bildiradi”, — deya ta’kidlagan Kibitov.
Shaharning Dudergofka daryosi bo‘ylab o‘tkazilgan yangi ko‘priklardan birini Qodirov nomi bilan atash taklifini bir necha jamoat tashkilotlari bildirgandi. Gubernator Georgiy Poltavchenko nomi beriladigan shaxs shahar tarixi bilan bog‘liq bo‘lishi kerakligini ro‘kach qilib, bu tashabbusga qarshi chiqqan, biroq masalani ko‘rib chiqishni shahar ma’muriyati madaniyat ishlari qo‘mitasiga topshirgandi.
Izoh (0)