Qirg‘iziston maxsus xizmatlari xorijlik hamkasblari bilan hamkorlikda qator teraktlar va qo‘poruvchiliklarning oldini oldi. Bu haqda prezident Almazbek Atambayev xalqaro aksilterror anjuman qatnashchilariga yo‘llagan qutlovida ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Keyingi yillarda maxsus xizmatlarimiz, jumladan, chet ellik hamkasblari bilan o‘zaro aloqadorlikda, mamlakatimiz hududida bir qator teraktlar va diversiyalarning oldini olishga muvaffaq bo‘ldi. Qirg‘iziston ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha global muloqot va harakatlar jarayonining faol qatnashchisi bo‘lib kelmoqda”, — deya ta’kidlagan prezident.
Ma’lumot uchun, 16-iyun, payshanba kuni Qirg‘izistonda MDH Aksilterror markazi tomonidan tashkil etilgan “Zamonaviy kommunikatsion texnologiyalar rivojlangan sharoitda terrorchi va ekstremistik tashkilotlar faoliyatiga qarshi turishda xalqaro hamkorlik” mavzusidagi anjuman o‘z ishini boshladi.
Izoh (0)