UEFA tashkiloti rossiyalik muxlislarning Marsel shahrida keltirib chiqargan tartibsizliklari uchun Rossiya futbol ittifoqini 150 ming yevroga jarimaga tortdi va mamlakat terma jamoasini Yevro–2016 turniridan shartli ravishda diskvalifikatsiya qildi. Bu haqda UEFA rasmiy saytiga tayanib, “Chempionat” xabar bermoqda.
11-iyun kuni Marsel shahridagi “Velodrom” stadionida bo‘lib o‘tgan Rossiya va Angliya (1:1) terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng ikki jamoa muxlislari o‘rtasida to‘qnashuv yuzaga keldi.
Shundan so‘ng, UEFA Rossiya futbol ittifoqiga terma jamoa muxlislarining ommaviy tartibsizlik keltirib chiqargani, irqchilik ruhidagi haqoratlar va pirotexnika vositalarini ishlatganlikda ayblov qo‘yib, tashkilotga nisbatan intizomiy ish ochdi.Rossiyalik futbol ishqibozlari ishtirokidagi tartibsizliklar yana takrorlansa, bu davlat terma jamoasi Yevropa chempionatidan butunlay chetlashtiriladi.
Izoh (0)