Fransuz Lukas Milyar sleklayn — neylon yoki poliestrdan tayyorlangan maxsus arqonda yurish bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Rekord Xitoyda qayd etildi. Milyar 150 metr balandlikda 100 metrli masofani ikkinchi urinishda 1 daqiqa va 59 soniyada bosib o‘tdi.
“Yangi rekord o‘rnatishga muvaffaq bo‘lganimdan juda ilhomlandim. Sleklayn yanada ommalashishiga umid qilaman”, — dedi Lukas Milyar.
Izoh (0)