To‘rt kishini o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan shaxs bilan tushilgan fotosurat bois Turkiya politsiyasining uch xodimi vazifasidan chetlashtirildi. Voqea yuzasidan xizmat tergovi boshlandi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Atalay Filiz seriyali qotil hisoblanib, to‘rt kishini o‘ldirgani uchun hibsda tutilmoqda. Anqara xavfsizlik boshqarmasi xodimi u bilan selfi tushdi. Bu suratni uning izmirlik hamkasbi ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatdi. Suratga olish jarayonini esa boshqa bir politsiyachi videoga olib turdi. Bu materiallarning ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lishi jamoatchilik orasida va matbuotda bahslarni keltirib chiqardi.
Politsiya rahbariyati uchala xodimni tergov tugaguniga qadar ishdan chetlashtirib turishga qaror qildi.
Izoh (0)