“Abu Sayyaf” terrorchilik guruhi jangarilari belgilangan muddatda garov puli to‘lanmagani uchun Filippin orollaridan birida ushlab turilgan Kanada fuqarosini qatl etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
2015-yil sentabrida noma’lum qurollangan kimsalar mamlakat janubidagi Samal orolida joylashgan mehmonxonadan Kanadaning ikki, Norvegiya va Filippinning bir nafardan fuqarosini o‘g‘irlab ketgandi. May oyida jangarilar tarmoqqa garov puli talab qilingan videomurojaatni joylashtirdi. Unda kanadalik Robert Xoll va norvegiyalik Kjartan Sekkingstad 13-iyungacha jangarilar 12,8 million dollar to‘lov olmasa, ulardan biri o‘ldirilishini ma’lum qilgandi.
Jangarilar Xolo orolida tutqunlikda saqlanayotgan kanadalik Robert Xollning umriga zomin bo‘ldi.
Aprel oxirida “Abu Sayyaf” jangarilari Kanadaning boshqa bir fuqarosi Jon Ridsdelni qatl etgandi.
Izoh (0)