Hindistonning Haydarobod shahrida 35 yoshli erkak hayvonot bog‘ida sherlar maydonchasiga oshib o‘tdi. Hodisa may oyi oxirida sodir bo‘lgan, biroq tarmoqda oradan ikki hafta o‘tgachgina ommalashib ketdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Hayvonot bog‘i xodimlari erkak to‘siq hatlab sakraganini payqamay qoldi. Shundan so‘ng u suv havzasidan suzib o‘tdi va sherlarga yaqinlashdi, biroq yirtqichlar unga tashlanmadi.
Erkak mast bo‘lgani bildirilmoqda. U xatti-harakatini “sherlar panjasini qisib qo‘ymoqchi” bo‘lgani bilan izohladi.
https://youtu.be/nXR-5IUTUMs
Izoh (0)