Shanxayning “Pudun” xalqaro aeroportida qo‘lbola portlovchi uskunani harakatga keltirgan erkak o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi. Bu haqda, Shanghai Daily nashriga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, nomi keltirilmagan 30 yoshli erkak ikkinchi terminalda ichiga portlovchi uskuna joylashtirilgan pivo idishini olib, piligini yoqqan va ro‘yxatga olish peshtaxtasiga qarata uloqtirgan. Shisha portlab, uning parchalari bir qancha odamni yaralagan.
Filippinning 53 yoshli fuqarosi, XXRning 67 va 64 yoshli ikki fuqarosi yaralangan. Jinoyatchining o‘zi og‘ir ahvolga ekanligi bildirilmoqda — portlash sodir etilgach, u ryukzakdan pichoq chiqarib, bo‘yniga zarba bergan.
“Pudun”da xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.
Ilgariroq portlashga pirotexnik vositalardan iborat yuk sabab bo‘lgani taxmin qilingan edi.
Izoh (0)