Kongo Demokratik Respublikasida ikki kemaning to‘qnashuvi oqibatida kamida 27 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Mai-Ndombe tumani gubernatori o‘rinbosari Massamba Malika bayonot berdi, deb yozmoqda “TASS”.
AP agentligining bildirishicha, kema halokati Mai-Ndombe ko‘li ustini tuman qoplab, ko‘rishning yomonlashuvi oqibatida yuzaga kelgan. Halokatga uchragan kemalar bortida qancha odam bo‘lgani hanuzgacha aniqlashtirilmagan, ammo kemalar 100 dan ortiq odamni sig‘dira olmasligi ta’kidlanmoqda.
Voqea joyida qutqaruvchilar ishlamoqda.
Izoh (0)