Apple korporatsiyasi Quyosh energiyasini Kupertinodagi (Kaliforniya shtati) yangi ofisi binosining tomidan turib sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqdagi talabnoma bilan Apple Energy LLC shu’ba korxonasi energetika nazorati bo‘yicha AQSh federal xizmatiga murojaat qildi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Talabnoma ma’qullansa, kompaniya xaridorlarga vositachilarsiz energiya yetkazib berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Google bu strategiya ustida 2010-yildan beri ishlamoqda, deyiladi talabnomada.
Apple va Google energetik sohaning eng yirik investorlari sirasiga kiradi. Xususan, 2015-yilda Apple San-Fransiskodagi Quyosh fermasiga 850 million dollar investitsiya kiritgan edi.
Izoh (0)