AQSh moliya vazirligi mamlakat oliy sudiga murojaat etib, Apple va Samsung kompaniyalarining patent bahsiga doir ishni qayta ko‘rib chiqish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni so‘radi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
2014-yil mayida hakamlar Samsung Apple’ning uchta patenti, shu jumladan, telefonni blokdan chiqarishda qo‘llanadigan slide to unlock texnologiyasidan noqonuniy foydalanmoqda, degan xulosaga keldi. Janubiy Koreya kompaniyasi amerikalik da’vogarga 119,6 million dollar tovon puli to‘lashi belgilandi. O‘z navbatida, Apple ham Samsung’ning raqamli foto va videofayllarni siqish patentini buzganlikda aybdor deb topilib, raqibiga 158 ming dollar to‘laydigan bo‘ldi.
Keyinchalik Samsung’ning jarima to‘lashi haqidagi qaror bekor qilindi. Sud, shuningdek, Apple Samsung’ga 158 ming dollar to‘lashi bilan bog‘liq qarorni kuchda qoldirdi.
Moliya vazirligi Samsung o‘z argumentlarini asoslashga yetarli dalil keltirganiga shubha qilmoqda.
Izoh (0)