2-may kuni AQSh Federal maslahatchilar sudi Apple va Samsung kompaniyalarining bir-biriga qarshi patent da’volari bo‘yicha qaror chiqardi. Unga ko‘ra, ikkita patentni ko‘chirgan Samsung 119,6 million dollar, o‘z raqibining bitta patentini o‘g‘irlagan Apple esa 158,4 ming dollar to‘laydi. Bu haqda The Wall Street Journal xabariga tayanib, Look At Me ma’lum qildi.

OGV6MQ_OTFggdghBwQiH6Q-article

Foto: lookatme.ru

O‘z da’vo arizasida Apple o‘zining beshta patentini buzgan Samsung’dan 2,2 milliard dollar talab qilgan. Samsung o‘z navbatida, ikkita patenti buzilgani uchun raqibi 6,9 million dollar tovon to‘lashi kerak deb hisoblagan.

2014-yil boshida taqdim etilgan patent da’volari bo‘yicha sud jami 50 soat davom etgan.