“Jabhat an-Nusra” ekstremistik guruhi jangarilarining Alepponi o‘qqa tutishi oqibatida bir sutka davomida 15 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab insonlar jabrlandi. Bu haqda, Rossiyaning Suriya hududida dushman tomonlarni yarashtirish bo‘yicha markaziga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Jangarilar kurdlar istiqomat qiladigan Shayx Maqsud kvartalini hamda Xandrat aholi yashash punktini qo‘lga olishga uringani aytilmoqda.
Hujumlar muvaffaqiyatsiz yakunlangach, bu hududlar minomyotlardan va boshqa qurollardan o‘qqa tutildi. Jangarilar Kostello tumani hamda Muhaim-Xandrat aholi yashash punktidan turib o‘t ochdi. Ularning zarbalariga ham hukumat kuchlari, ham tinch aholi vakillari nishon bo‘ldi.
Izoh (0)